Gormonlar o’ynab asabiy bo’lmaslik uchun endokrinolog maslahatlari
· 36 min · S3 E2
Episode Gormonlar o’ynab asabiy bo’lmaslik uchun endokrinolog maslahatlari
Gormonlarning ayollar hayotiga ta’siri haqida endokrinolog Gulmira Salima bilan suhbat Ayol hayotining turli bosqichlarida gormonlar qanday o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar salomatligimizga qanday ta’sir qiladi? Ushbu epizodda quyidagi savollarni muhokama qilamiz • Gormonal o‘zgarishlarni tashqi belgilar orqali aniqlash mumkinmi? • Soch to‘kilishi, vazn ortishi va teri qurishi qachon endokrinologga murojaat qilish uchun sabab bo‘ladi? • Homiladorlik, emizish va tug‘ruqdan keyingi tiklanish davrida gormonal salomatlikka qanday e’tibor berish kerak? Ushbu va boshqa muhim savollarga javoblarni podkast epizodida tinglashingiz mumkin. Muallif va boshlovchi: Maftuna Burxanova Prodyuser: Tatyana Kim Rassom: Sofiya Seytkhalil Musiqa: Amaliya Aybusheva, Azizbek Usmonov Tashkent Film School jamoasiga, yozish uchun joy va jihozlarni taqdim etgani uchun alohida rahmat. Mazkur mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Shows are listed from Apple Podcasts' charts and directory, and Podcast Index where it is used. Every show and episode belongs to its publisher and plays from the publisher's own feed; this site hosts none of them. Explicit shows are for adult profiles only, and children’s profiles hear only children’s shows. More about this list.